Buxoro shahri haqida ma'lumot

Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning ilk poytaxti hisoblanadi.Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar rayoni (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 290 000 (2019). Aholisining katta qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Oliy ta‘lim muassasalari: Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Eng mashhur diqqatga sazovor joylar Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:

Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik, (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan "sakkizinchi mo''jiza" sifatida tan olingan);