Fargʻona viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 2025-yil 1-aprel 4.162 250 kishi. Tarkibida 15 tuman, 4 shahar (Margʻilon, Fargʻona, Quvasoy, Qoʻqon), 5 tumanga boʻysunuvchi shahar (Beshariq,Rishton,Yaypan,Quva,Hamza,25 dan ortiq shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2019). Markazi – Fargʻona shahri.

Viloyat Oʻzbekiston SSR tarkibida Fargʻona okrugi – Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. 1926-yilda tashkil topib, uning markazi Qoʻqon shahri etib belgilangan. 1929-yil holatiga koʻra okrug 9 okrugga boʻlingan: Oltiariq tumani (markazi – Oltiariq shahri, Bagʻdod tumani (markazi – Bagʻdod qishlogʻi), Beshariq tumani (markazi – Beshariq qishlogʻi), Qoʻqon tumani (markazi – Qoʻqon shahri), Quva tumani (markazi – Quva shahri), Qudash tumani (markazi – Qudash qishlogʻi), Margʻilon tumani (markazi – Margʻilon shahri), Rishton tumani (markazi – Rishton shahar tipidagi aholi punkti), Fargʻona tumani (markazi – Vodil shaharchasi).